Jamshid Saidov "Qizilqum" Superliga masalasini hal qilgan o‘yindan keyin nimalarni aytdi?

  • 5 dekabr, 2023, 18:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” o‘tish o‘yinida safarda “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etib, Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi. Bahsdan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Bugun xarakter namoyish qildik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq ham kuchli edi. Albatta, muxlislarimizni tabriklashni istayman, ular Navoiydan kelib bizni stadionda qo‘llab-quvvatladilar. Klubdagi barchani tabriklayman, hamma yordam berdi. Rahbariyatga ham rahmat. Amin Ergashev hamma vaqt jamoaga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Unga ham alohida rahmat aytaman. Superligada qolishga muvaffaq bo‘ldik.

- O‘tgan yili chempionlik uchun kurashgan “Qizilqum”, bu yil Superligada qolish uchun kurashdi. Bu nima bilan bog‘liq?

- Bilasiz, o‘sha paytda tarkibda nomdor va tajribali o‘yinchilar yig‘ilgandi. Saviyali o‘yinchilar bilan nimagadir erishsa bo‘ladi, ammo u paytda nima bo‘lganini bilmayman. Hozir tarkibimizda yoshlar ko‘proq. Bu narsa o‘tmishda qolib ketdi. Asosiysi, biz oldimizdagi vazifani bajardik. Buning uchun Navoiy xalqini tabriklayman.

- Jamoani hujum chizig‘idagi trinoni Superligadagi eng yaxshilaridan biri desa bo‘ladi. G‘iyosov, Akaki va Kenjaboev. Bular qoladimi? Ma’lumotlarga qaraganda. Kenjaboev “Lokomotiv”ga ketyapti ekan...

- Ha, shunday ma’luot tarqaldi va unga ko‘ra Kenjaboev “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolagan. Men hozir bu haqida biror nima ayta olmayman. Ko‘pchilikni shartnomasi yakuniga etyapti. Ko‘ramiz. Navoiyga qaytganimizdan keyin nima bo‘lishi haqida gaplashamiz. Albatta, jamoamizni 60 foiz o‘zagin saqlab qolishni istaymiz. Har qanday holatda ham vaqt ko‘rsatadi. Yangi mavsum uchun dekabr, yanvar, fevral oylarida tayyorgarlik ko‘riladi. Yaxshi selektsiya qilish muhim. Ammo oldindan hech nima deya olmayman.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
05/12/2023 20:08
К ,изилк,умни Суперда
а яна ищтирок этиши билан тариклаймен