Jamshid Saidov: "Afsuski, bugun hech narsa o‘xshamadi"

  • 21 oktabr, 2024, 09:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 21-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Qizilqum" jamoasi bu turda safarda "Olimpik" bilan kuch sinashdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- O‘yin haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman. "Olimpik"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlar chinakam xarakter ko‘rsatishdi. 

- Bugungi raqib yoshlardan iborat jamoa edi, ammo "Qizilqum" o‘ziga o‘xshamadi?!

- Har bir o‘yinning darajasi qanday ekanligini bilamiz. Afsuski, bugun hech narsa o‘xshamadi. Butun bahs davomida bosim qildik, ammo yakunda o‘tkazib yuborilgan qarshi hujum masalani hal qildi.

- Qolgan o‘yinlarda elitada jon saqlab qolish uchun qancha ochko jamg‘arish kerak deb hisoblaysiz?

- Hozir oldidan biror narsa deya olmayman. Oldinda beshta tur bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!