
Jalolovning raqibi Richard Torres navbatdagi nokautli g‘alabasini nishonladi (video)
Professional boksning og‘ir vazn toifasida janglar olib borayotgan AQShlik Richard Torres navbatdagi jangini o‘tkazdi. Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida unga Ulli Jek raqib bo‘ldi.
Torres raqibdan yaqqol ustun ekanini ko‘rsatib 1-raundning o‘zidayoq muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Uning professional boksdagi rekordi 6-0, 6 nokaut ko‘rinish oldi.
Oldinroq, u Jalolovga qarshi yana jang qilishni xohlayotgani haqida aytib o‘tgan edi.
Ular havaskor boksda o‘zaro ikki marta to‘qnash kelgan va har ikkalasida Jalolov ustun kelgan.
Fikrlar