Jaloliddin Masharipovga Zinedin Zidan murabbiylik qilishi mumkin

  • 24 mart, 2022, 12:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubida bosh murabbiy o‘zarishi kutilmoqda. 

Tecno

Mahalliy nashrda yozilishicha, jamoa mutasaddilari taniqli mutaxassis Zinedin Zidan nomzodini ilgari surmoqda. Frantsiyalik murabbiy yozgi transferlar vaqtida Saudiya klubini boshqarishi mumkin.

Arabic.sport360.com portalida yozilishicha, “Al Nassr” shu yili yozda xorijlik murabbiy masalasini hal qilmoqchi. Chunki yozda jamoani boshqarayotgan Migel Rossoning shartnomasi tugaydi.

Avvalroq frantsiyalik yana bir murabbiy Rudi Garsiya ham “Al Nassr” murabbiyligi uchun nomzodlar qatorida edi.

Migel Rosso jamoaga kelgach hamyurtimiz Jaloliddin Masharipovni zaxiradan maydonga tushirayotgandi. Oxirgi o‘yinlarda u yana asosiy tarkibdan o‘rin olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!