
Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"ga qaytyaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston terma jamoasi va "An-Nasr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"ga qaytishi haqida xabarlar tarqaldi.
Jaloliddin "Instagram"dagi sahifasiga "sherlar" libosidagi eski suratni joylagach, ko‘pchilik uni sobiq klubiga qaytayotganini yozdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Masharipov hozircha O‘zbekistonga qaytmoqchi emas. U shartnomasining oxirigacha "An-Nasr"da qoladi.
Shuningdek, legionerimizga Saudiya Arabistoni, BAA va Turkiya klublaridan takliflar bor.
Fikrlar