
Jaloliddin Masharipov: Bu yigitlar o‘zbek futbolining ertasi
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston U14 chempionati final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Xorazm" jamoasi "Odil Junior"ga imkoniyatni boy berib, kumush medallarga ega chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi etakchisi, ayni damda "Al-Nassr" klubi sharafini himoya qilayotgan Jaloliddin Masharipov mazkur turnir va "Xorazm" jamoasi haqida SPORTS.uz saytiga intervyu berdi.
– Chempionatnining deyarli barcha o‘yinlarini kuzatib bordim. Sababi, bu futbolchilar o‘zbek futbolining ertasi. Uchrashuvlarni ko‘rar ekanman yoshlik davrlarim esimga tushib ketdi. O‘zim shunday musobaqalardan keyin "Paxtakor"ga kelgandim.
"Xorazm" musobaqaning eng kuchsiz jamoalaridan biri, deya aytilgandi. Biroq yosh yigitlar haqiqiy matonat ko‘rsatib, yarim finalda "sherlar"ni musobaqadan chiqarib yubordi. Finalda raqib ancha kuchli edi. Bu futbolchilar Xorazmda futbol xali ham bor ekanligini ko‘rsatdi. Men voyaga etgan joyimda futbol rivojlanishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Nasib qilsa, futbol maktabi ham ochamiz.
Eslatib o‘tamiz, Masharipov tomonidan "Xorazm" jamoasi futbolchilarining har biriga velosiped va murabbiylari televizor sovg‘a qilindi.
Fikrlar