
Ivan Solovyov "Navbahor"ning "Qo‘qon-1912"ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatini izohladi
6 iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin “Navbahor” yarim himoyachisi Ivan Solovyov klub matbuot xizmatiga o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- To‘g‘ri, bugungi bahsda unchalik tezkorlik ko‘zga tashlanmagan bo‘lishi mumkin. Ammo shuni ham unutmaslik lozimki, sal kam 3 oy davomida rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmadik va bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Shunday bo‘lsa-da, futbolchilarning jismoniy holatlari yomon emas. Ko‘pchilik maydonni sog‘inganligi bois, o‘yin keskin kurashlar ostida o‘tdi. Ammo bunday o‘rtoqlik o‘yinlarida hissiyotlarga berilmaslik, raqibni hurmat qilgan holda, o‘ynash lozim.
Chunki sal kam 3 oy o‘ynamagan o‘yinchi shunday to‘p uchun kurashlarda jarohat olib, yana bir oyga safdan chiqsa nima bo‘ladi? Masalaning bu tomonini ham o‘ylab, bunday nazorat bahslarida tartibli holda, to‘p tepish lozim. Asosiysi, hammasi yaxshilik bilan yakunlandi va hech kim jarohat olmadi, - dedi Solovyov.
Fikrlar