
Italiyalik mutaxassis "Al-Hilol"da ish boshlashi mumkin
Yozgi transferlar oynasida bir qancha yulduzlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan "Al-Hilol" klubi endilikda jamoaga kuchli mutaxassislarni ham jalb etishga harakat qilmoqda.
Saudiya Arabistonining ayrim nashrlari xabar berishicha, riyodliklar ayni paytda ishsiz bo‘lib turgan Paolo Maldinini sport direktori vazifasiga tayinlashni istamoqda va italiyalik afsona bilan muzokaralar o‘tkazilyapti.
Ma’lumot uchun, ushbu yozda Maldini "Milan"ni tark etdi. U sobiq jamoasida deyarli 5 yil ishladi.
Fikrlar