Italiyalik futbolchi o‘yin payti vafot etdi

  • 6 iyun, 2021, 11:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyada fojiali voqea sodir bo‘ldi. Bir necha kun oldin "Parma"ning sobiq futbolchisi Juzeppe Perrino Neapol yaqinidagi o‘yin paytida vafot etdi. U atigi 29 yoshda edi...

Tecno

Ommaviy axborot vositalari futbolchining o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani haqida yozmoqda.

Uchrashuv Juzeppe Perrinoning ukasi Rokko xotirasiga bag‘ishlangan edi. U uch yil oldin velosipedda ketayotganda vafot etgan. Uning o‘limiga ham aynan yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Juzeppe Perrino “Parma”ning asosiy jamoasida bironta ham o‘yin o‘tkazmagan. U Italiyaning quyi divizion jamoalarida o‘ynagan.

“Parma” klubi o‘z rasmiy sahifasi orqali Juzeppe Perrinoning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!