
Italiya terma jamoasining asosiy himoyachisi ertaga Levandovskiga qarshi o‘yinda ishtirok etolmasligi mumkin
Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini tizzasidagi jarohat sababli ertaga Polshaga qarshi o‘yinda ishtirok etolmasligi mumkin. Bu haqda bosh murabbiy Roberto Manchini gapirib o‘tdi.
“Biz Kellinining holatini baholashimiz kerak, ertaga ertalab xulosalar chiqaramiz. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, u o‘ynaydi, agar bo‘lmasa, chorshanba kuni Gollandiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi”, - dedi Manchini.
Italiya nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Kellinining o‘rniga ertangi bahsda “Latsio” himoyachisi Franchesko Acherbi tushadi.
Fikrlar