
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi yana bir necha yil o‘zgarmasligi mumkin
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini mamlakat futbol federatsiyasi bilan tuzgan mehnat shartnomasini yana uzaytirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, yangi kelishuv imzolansa, 56 yoshli italiyalik mutaxassis o‘z lavozimida 2026 yilga qadar qoladi. Uning maoshi esa 3 mln evro bo‘ladi.
Manchini Italiya terma jamoasini 2018 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Uning qo‘l ostida Italiya terma jamoasi “Evro-2020”ning final bosqichiga muvaffaqiyatli chiqdi.
Roberto Manchini murabbiylik faoliyati davomida “Latsio”, “Inter” va “Manchester Siti” kabi klublarni boshqargan. U terma jamoaga kelishdan oldin Sankt-Peterburgning “Zenit” klubida ishlagan.
Italiya terma jamoasi qit’a chempionatida Shveytsariya, Turkiya va Uels bilan bir guruhda kurash olib boradi.
Fikrlar