
Italiya chempionati 9-tur ramziy jamoasi. Termaga "Roma"dan ham futbolchi kiritilgan (Foto)
22-24 oktyabr kunlari Italiya chempionatida 9-tur bahslari o‘tkazildi. Bellashuvlarda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilar ramziy jamoalarga kiritilmoqda.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi Whoscored.com nashri A Seriya tur ramziy jamoasini taqdim etdi. Termadan "Roma" himoyachisi Janluka Manchini ham o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino shogirdlari 9-tur o‘z uyida "Napoli" bilan kuch sinashib, 0:0 hisobida durang qayd etdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 87-daqiqada Temmi Abraxam o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Quyida Whoscored.com nashri A Seriya 9-tur ramziy jamoasi bilan tanishishingiz mumkin:
Fikrlar