
Italiya A Seriyasini tark etadigan dastlabki jamoa ma’lum bo‘ldi
Italiya A Seriyasining 32-turida "Kevo" o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qildi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa Domeniko Di Karlo boshchiligidagi "Kevo" A Seriyani muddatidan avval tark etishi ma’lum bo‘ldi. Ortda qolgan 32ta turdan so‘ng "Kevo" hisobida 11 ochko bor. Ular 17-o‘rinda borayotgan "Bolonya"dan 20 ochko ortda qolib ketmoqda.
Ma’lumot uchun, "Kevo" Italiya A Seriyasida ketma-ket 11 mavsumni o‘tkazgan edi.
Fikrlar