
"Istiqlol" Rustam Ashurmatov transferini e’lon qildi
O‘zbekiston terma jamoasi va "Rubin" himoyachisi Rustam Ashurmatov "Istiqlol" klubi a’zosiga aylandi. Tehron klubi transferni e’lon qildi.
Tehronning yana bir nomdor jamoasi "Persepolis" ham hamyurtimizni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘ldi. Biroq Ashurmatov "ko‘klar"ni tanladi.
Eslatib o‘tamiz, Ashurmatov 2023 yilda "Rubin"ga ko‘chib o‘tgan edi. Endi Jaloliddin Masharipov va Rustam Ashurmatov bir klub sharafini ximoya qiladi.
Fikrlar