
Istanbulda gollar shousi yoxud Turkiya - Xorvatiya 3:3 (video)
FIFA kunlaridan unumli foydalangan Turkiya va Xorvatiya terma jamoalari kecha o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
Istanbuldagi “Vadafon Arena”da kechgan o‘yin 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Turkiyaning gollarini Jenk Tosun (23'), Deniz Tyuryuch (41') va Jengiz Under (58'), Xorvatiyaning gollarini Ante Budimir (32'), Mario Pashalich (53') va Yosip Brekalo (56') kiritdi.
Quyida ushbu bellashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar