Isroil Madrimovning jangi yurtimizdagi qaysi telekanalda translyatsiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

  • 8 iyul, 2022, 20:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

9 iyuldan 10 iyulga o‘tar kechasi professional boksning super yarim o‘rta vazn (69,8 kg) toifasida WBA eliminator jangi sifatida hamyurtimiz Isroil Madrimov hamda Mishel Soro o‘rtasida jang bo‘lib o‘tish barchaga ma’lum. 

Tecno

Mazkur jang yurtimizda qaysi telekanal namoyish etishi bugunga kelib, ma’lum bo‘ldi. 

Saytimizga ma’lum bo‘lishicha ushbu jang kechasi ZOR TV kanali orqali jonli ravishda translyatsiya qilinadi. Bu borada harakatlar boshlab yuborilgan.

Jang kechasi DAZN platformasi tomonidan 23:30 da boshlanadi. Hamyurtimiz Ishtirokidagi to‘qnashuv esa, 00:30- 01:00 lar oralig‘iga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!