
Israel Adesanya ham Ashraf Xakimidek yo‘l tutdi
Israel Adesanyaning sobiq sevgilisi undan 7,5 million dollar emas, 500 ming dollargina undira oldi.
Aniqrog‘i, Adesanyaning sobiq sevgilisi Sharlotta Poudrell Israelni sudga berib, uning aktivlarining yarmini kompensatsiya sifatida talab qildi. Ular turmush qurmagan va farzandlari ham yo‘q edi. Shu bilan birga, Poudrell Adesanya uning sharofati bilan buyuk chempion bo‘lganiga ishonardi.
Biroq Israelning onasi uning barcha moliyaviy ishlari bilan shug‘ullangani sabab barcha mol-mulk onasining nomida edi. Shu bois sud Sharlottaga faqatgina jangchida mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarining yarmini, ya’ni 500 ming dollarni to‘lashni buyura oldi, xolos.
Eslatib o‘tamiz, marokashlik futbol yulduzi Ashraf Xakimi bilan ham xuddi shunday voqea yuz bergandi.
Fikrlar