
Ispaniya terma jamoasining Farer orollari va Shvetsiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi rasmiy sayti terma jamoaning Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Farer orollari va Shvetsiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi.
E’tiborlisi, “Vilyarreal” yarim himoyachisi Santi Kasorla 2015 yildan buyon ilk bor terma jamoadan chaqiruv oldi.
Darvozabonlar: Kepa Arrisabalaga, David de Xea, Pau Lopes.
Himoyachilar: Serxio Ramos, Xesus Navas, Diego Lorente, Daniel Karvaxal, Mario Ermoso, Inigo Martines, Xose Gayya, Jordi Alba, Serji Roberto.
Yarim himoyachilar: Santi Kasorla, Dani Parexo, Rodri Ernandes, Serdji Buskets, Fabian Ruis.
Hujumchilar: Mikel Oyarsabal, Rodrigo, Yago Aspas, Alvaro Morata, Marko Asensio, Isko.
Fikrlar