Islomjon Qobilov: Avvalgi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshlab, chempionlikka erishgandik. Bugungi o‘yinda yutqazmadik...

  • 9 yanvar, 2020, 18:40
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-23 - Eron U-23 uchrashuvidan so‘ng terma jamoamizning yagona goliga mualliflik qilgan Islomjon Qobilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Har doim bunaqa musobaqada birinchi o‘yin hayojonli o‘tadi. Jamoalar bir-birini o‘rganib olishi uchun vaqt kerak. 15-20 daqiqadan so‘ng o‘z o‘yinimizni topib oldik. Dastlabki taym oxirlarida penaltidan hisobni ochdik.

Ikkinchi bo‘lim boshida hotirjamlikka berilib, darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Darvozamiz ishg‘ol etilganidan so‘ng yana o‘zimizga kelib oldik va o‘yinni qo‘lga olishga intildik.

Nima bo‘lgan taqdirda ham Eron Osiyoda etakchi jamoalardan biri. Keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, guruhdan chiqishga intilamiz.

Ikki jamoada ham kamchilik va xatolar mavjud. Buni endi videoda ko‘rib, xulosa chiqaramiz.

Lyubinko Drulovich tanaffusda qanday topshiriq berdi? Murabbiyimiz birinchi taymdagidek to‘pni nazorat qilish va mashg‘ulotlardagi ko‘rsatmalarni bajarish kerakligini uqtirdi.

Avvalgi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshlab chempionlikka erishgandik. Bugungi o‘yinda yutqazmadik. Xudo xohlasa hali hammasi yaxshi bo‘ladi degan umiddaman. Keyingi turda 3 ochko jamg‘arishga intilamiz, - dedi Islomjon Qobilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Элбек Юлдошев
09/01/2020 19:18
Узбекистон яхши уйнади Факат имкониятдан фойдалана олмади Ойбек Бобур, Яхшибойевлар хали узини курсатади улар бугун хам яхши уйнади сунги нуктани куйишда аниклик етишмади. Сизлардан илтимос Футболчиларимизни ортикча танкид килман Мураббий Шароф ва Саитовлар хизматидан фойдаланиши керак эди чунки улар тажрибали Бушашманг лар
Элбек Юлдошев
09/01/2020 19:16
Узбекистон яхши уйнади Факат имкониятдан фойдалана олмади Ойбек Бобур, Яхшибойевлар хали узини курсатади улар бугун хам яхши уйнади сунги нуктани куйишда аниклик етишмади. Сизлардан илтимос Футболчиларимизни ортикча танкид килман Мураббий Шароф ва Саитовлар хизматидан фойдаланиши керак эди чунки улар тажрибали Бушашманг лар
&
Ramzis ll
09/01/2020 18:54
Sen sardorlik bog'ichini topshir, bunga arziydigan bolaga.
Alishoh Olimov
10/01/2020 02:08
To'g'ri aytasiz.bugungi kunda haqiqiy lider menimcha G'aniyev