Islom Maxachev Xabib Nurmagomedov bilan bir turnirda ishtirok etadi

CHERY AUTO

Rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Islom Maxachev keyingi jangini Edson Barbozaga qarshi o‘tkazishi mumkin.

Tecno

Braziliyaning Art du MMA nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Maxachev UFC engil vazn toifasidagi jangchilar orasida 8-o‘rinni egallab kelayotgan Barboza bilan UFC 242 turniri doirasida kuch sinashadi.

Aytib o‘tish joizki, UFC 242 turniri BAAning Abu-Dabi shahrida 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnir kecha bahsida Xabib Nurmagomedov Dastin Porega qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!