Islom Maxachev faoliyatini qachon tugatadi? Taniqli murabbiy javob berdi

  • 17 dekabr, 2024, 14:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Taniqli murabbiy Xaver Mendes engil vaznda (70 kg) amaldagi UFC chempioni Islom Maxachevning faoliyati qachon yakunlanishini aytdi. 

Tecno

“Islom, ehtimol, 35 yoshida nafaqaga chiqar. Chunki 35 - sehrli raqam. MMA dagi yigitlar 35 yil chegara nuqtasi ekanini o‘z hayollarida saqlashadi. Ba’zilar pul uchun undan keyin ham karerasini davom ettiradi. Biroq Maxachev allaqachon moliyaviy jihatdan xavfsizlikka ega. U pullarni juda yaxshi boshqargani bois kelajakda nafaqaga qo‘rqmasdan chiqishi mumkin" - deya Mendesning so‘zlarini keltirdi "BJ Penn" portali.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Xaver Islomni Arman Tsarukyanga qarshi bahsda favorit deb atagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!