Iqboljon Xoldorov "Strandja" turnirida navbatdagi jangini o‘tkazdi

  • 7 fevral, 2024, 19:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Bolgariyaning Sofiya shahrida an’anaviy “Strandja” turniri davom etmoqda. Bugun 7 nafar vakilimiz ringga ko‘tarilishi haqida ma’lum qilgandik. Hozirga kelib, 3 nafar bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazib bo‘ldi.

Tecno

Jumladan, -51 kgdagi vakilimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziev turkiyalik Samet Gumusga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir -51 kgdagi bokschimiz Asilbek jalilov  Irlandiya vakili Nesbitt Riskeyni mag‘lub etdi. Hozirgina -71 kgda iqboljon Xoldorov anchagina jiddiy raqib mo‘g‘ulistonlik Byamba-Erdene Otgonbaatarni ;61 hisobida taslim etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Oldinda yana 4 nafar bokschimizning jangi bor. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!