Iordaniya bosh murabbiyi: "Biz yutqazganimizga qaramay keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz"

  • 5 mart, 2023, 17:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Iordaniya - Janubiy Koreya uchrashuvida koreyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Iordaniya jamoasi bosh murabbiyi Islom Muhammad al Diabat ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Avvalo, yigitlardan faxrlanishimni aytib o‘tmoqchiman. Ular ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Biroq Koreya kuchli jamoa. Raqib o‘z imkoniyatidan juda unumli foydalana oldi. 

Futbolchilarim yaxshi harakat qildi. Biz yutqazganimizga qaramay keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz. 

To‘g‘risini aytsam, biz 3 futbolchimiz xizmatidan foydalana olmasdik. Keyingi bahsga jismonan va taktik tomonlama jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Hozir bo‘lib o‘tayotgan Ummon - Tojikiston o‘yiniga ham bog‘liq. 

Har bir bellashuvga alohida yondashamiz. Raqiblar turlicha harakat qiladi. Biz ham shunga yarasha taktika tanlaymiz", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!