Inzagi: Bizni 5 ta uchrashuvda qiyin ahvolga solib qo‘ygan "Milan"ni hurmat qilishmiz kerak

  • 24 aprel, 18:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Italiya kubogi yarim finali doirasidagi "Milan"ga qarshi derbidagi yirik mag‘lubiyatdan (0:3) so‘ng bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Mag‘lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so‘raymiz va bu natijadan juda afsusdamiz. "Milan" hurmatga loyiq jamoa. Birinchi bo‘limdan keyin xafsalam pir bo‘ldi. Yaratilgan vaziyatlardan keyin shogirdlarim hisobni ochishga ko‘proq haqli edi. Ikkinchi bo‘limda burchak to‘pidan gol o‘tkazib yubordik, omadimiz kelmadi. Shundan keyin biz ancha yomon o‘ynadik.

Ochig‘i, biz ketma-ket ikki o‘yinda  mag‘lub bo‘lishga o‘rganmaganmiz. Bu ikki mag‘lubiyatni to‘g‘ri tahlil qilishimiz lozim.  "Bolonya"ga qarshi bahsda ham mag‘lubiyatga loyiq emasdik va bugun esa shunchaki,  ikkinchi bo‘limda raqibga  kuchimiz  etmadi. Balki De Vreyning goli bizni o‘yinga qaytarishi mumkin edi, ammo bu mavsumdagi oxirgi o‘zaro beshta o‘yinda bizni qiyin ahvolga solib qo‘ygan "Milan"ni hurmat qilishimiz kerak", - dedi Inzagi. 

Eslatib o‘tamiz, ular o‘rtasida  birinchi o‘yin durang bilan yakunlangandi. (1:1) Ammo ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, "rossonerilar" turnir finaliga yo‘l oldi. Italiya kubogi finalida  milanliklar “Bolonya” – “Empoli” uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!