“Inter” zo‘r himoyachini Italiyaga qaytarmoqchi

  • 26 aprel, 11:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” jamoasi yozgi transferlar doirasida “Manchester Yunayted” himoyachisi  Matteys de Ligtni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar beradi Italiya nashrlari.

Milanliklar 25 yoshlik futbolchini dastlab ijaraga olish,  keyinchalik esa to‘liq sotib olish sharti bilan transfer qilishni rejalashtirmoqda.

O‘z davrida "Yuventus"da porlagan De Ligt keyinchalik "Bavariya"ga o‘tib ketgandi. O‘tgan yozda "Bavariya"dan "Manchester Yunayted" safiga kelib qo‘shilgan futbolchi APLda qiyinchilikka uchradi. Chunki u “qizil iblislar” safida jismoniy holat bilan bog‘liq muammolarga duch keldi.

Shunga qaramay, u Premer-liganing joriy mavsumida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta o‘yinda jamoasiga darvozani daxlsiz saqlashda yordam bergan hamda 2 ta gol urgan.

Ayni paytda Evropa Ligasi orqali Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurashayotgan “Yunayted”  yangi yozgi transferlar uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida ayrim futbolchilarini sotishga majbur bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!