
"Inter" Xorvatiya terma jamoasi forvardini sotib olmoqchi
“Ayntraxt” forvardi Ante Rebich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga yaqin turibdi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli xorvatiyalik futbolchiga “Inter” jiddiy qiziqib qolgan. Ayni damda “neradzurrilar” uning transferi borasida muzokaralar olib borishmoqda. Bu esa ularga taxminan 40 mln evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rebich o‘tgan mavsum Bundesligada jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va 9ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar