
“Inter” va MYu g‘alati rokirovkani amalga oshiradi
“Inter” va “Manchester Yunayted” yozda futbolchi almashtirishni rejalashtirmoqda.
Milanliklar “Manchester Yunayted” qanot himoyachisi Aleks Tellesga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Braziliyalik futbolchi “Portu”dan olib kelinganidan keyin ichki raqobatda Lyuk Shouga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va asosiy tarkibga kira olmayapti.
“Inter” joriy mavsumda atigi ettita uchrashuvda maydonga tushgan Aleks Tellesning transferini sotib olib, uning narxini pasaytirish uchun yarim himoyachi Marselo Brozovichni qo‘shib bermoqchi.
“Manchester Yunayted” bu borada o‘z pozitsiyasini bildirgani yo‘q.
Fikrlar