"Inter" to‘purar hujumchini sotib oladi!

  • 20 yanvar, 2021, 18:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte qishki transferlar oynasi paytida "Atalanta" hujumchisi Alexandro Gomesni o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

"La Gazzetta dello Sport" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Konte ancha paytdan beri Gomesni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlayapti. Intervyularidan birida uning muxlisi ekanini ham ta’kidlab o‘tgan. 

Agarda, yanvar oyida "neradzurrilar" Kristian Eriksenni boshqa klubga sota olsa, Gomes transferi amalga oshirilishi kutilmoqda. Gomesning o‘zi ham so‘nggi paytlarda jamoa bosh murabbiyi bilan kelisha olmayotgani bois, uchrashuvlarda ishtirok etmayapti. Shu sababli, argentinalik futbolchi ham bu transfer amalga oshishiga qarshilik qilmasa kerak.

Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!