
"Inter" tarixiy natijasini takrorladi
"Inter" yakunlanib borayotgan 2020 yilda hozircha raqiblari darvozasiga jami 108 ta gol urdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, bu “neradzurrilar” tarixidagi rekord hisoblanadi. Milanliklar bir kalendar yilida 108 ta golni faqatgina 2 marta – 1961 hamda 2007 yilda kiritishga erishgan.
Antonio Konte boshchiligidagi jamoa ayni damda Italiya A Seriyasida “Milan”dan so‘ng 2-o‘rinda ketmoqda.
Fikrlar