
"Inter" so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Italiya kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Inter" - "Empoli" uchrashuvi yakuniga etdi. Ekstra-taymlarga qadar davom etgan mazkur bahsda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
"Neradzurrilar" safidagi gollarga Sanches (13-daqiqa), Ranokkya (90+1-daqiqa) va Sensi (104-daqiqa) mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning gollarini Bayrami (61-daqiqa) hamda Radu (avtogol, 76-daqiqa) o‘z nomiga yozib qo‘ydi.
Shu tariqa, milanliklar kubokdagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. "Empoli" esa mardonavor tarzda musobaqani tark etdi.
Fikrlar