
"Inter" Raktich uchun 38 million evro to‘lashga tayyor
Milanning "Inter" klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida "Barselona" xavbeki Ivan Rakitichni sotib olmoqchi. Bu haqda El Desmarque nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra milanliklar 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 38 mln evro to‘lashga tayyor.
Aytish kerakki, Frenki de Yong, Artur Ramos va Serxio Buskets kabi futbolchilar sabab Rakitich bu mavsum o‘zining asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitichga PSJ, "Yuventus" va "Manchester Yunayted" klublaridan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Ivan Rakitichni 2014 yil 18 mln evro evaziga “Sevilya”dan sotib olgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar