
"Inter" "Manchester Yunayted" himoyachisini nishonga oldi
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Viktor Lindelyof katta ehtimol keyingi mavsumini boshqa jamoada o‘tkazadi. Shvetsiyalik futbolchining shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi va "qizil iblislar" rahbariyati unga yangi shartnoma taklif etmoqchi emas.
"Transfer News Live" nashrining xabar berishicha, 30 yoshli himoyachiga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" Viktorni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Lindelyof 2017 yildan beri "Manchester Yunayted"da o‘ynab kelmoqda. Umumiy hisobda markaziy himoyachi "qizil iblislar" safida 266 ta o‘yinda maydonga tushdi, joriy mavsumda esa 7 ta o‘yinda qatnashdi.
Fikrlar