
"Inter" Lukakuni sotib ololmasa...
"Inter" klubi rahbariyati "Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukakuning transferi masalasida muzokaralar juda ham qiyin o‘tayotganini inobatga olib, bu borada boshqa nomzodlar qidirishni boshladi.
Sky Sport Germany nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "neradzurrilar"ning bu boradagi e’tibori "Ayntraxt" vingeri Ante Rebichga tushgan. Aytish kerakki, 25 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferi A Seriya grandiga 40 mln evrodan kamiga tushmaydi. Boisi, nemis klubi Rebichni aynan mana shu mablag‘dan kamiga sotmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Rebich “Ayntraxt” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar