
“Inter” katta transferni boy berdi
“Inter” klubi “Yuventus”ni tark etib, erkin agentga aylangan argentinalik yulduz Paulo Dibalani qo‘lga kirita olmadi, - deb xabar bermoqda Corriere dello Sport nashri.
Ma’lumotlarga qaraganda, milanliklar futbolchi bilan muzokara olib borib, shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmagan.
Aslida Dibalaning Turindan ketishiga ham klubdan katta miqdorda maosh talab qilgani sabab bo‘lgan edi.
Dibalaning o‘zi A Seriyada qolmoqchi. Lekin Italiya chempionatida hujumchi so‘rayotgan maoshni beradigan jamoa topilmayapti.
Fikrlar