
"Inter" ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
A Seriya 14-turidan o‘rin olgan "Venetsiya" - "Inter" uchrashuvi yakuniga etdi. Amaldagi Italiya chempionlari mazkur o‘yinda ortiqcha qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi.
Dastlab, 34-daqiqada Chalxanoglu hisobni ochgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Martines jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ochkolarini 31 taga etkazib olgan "Inter" "Milan" va "Napoli"ga ancha yaqinlashib oldi. 15 ochkoga ega "Venetsiya" ayni damda 15-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar