
"Inter" futbolchisi APLga ketmoqchi
"Inter" markaziy himoyachisi Diego Godin mavsum yakunida klubni tark etishga qaror qildi.
Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi yozda "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublarining biriga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, urugvaylik futbolchi joriy mavsum avvalida "Inter"ga erkin agent maqomida kelib qo‘shilgan edi.
Joriy mavsumda Godin milanliklar safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gollik uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar