"Inter" asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 28 may, 2021, 21:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" o‘z rasmiy sayti orqali himoyachi Alessandro Bastoni bilan amaldagi shartnomani uzaytirgani haqida xabar berdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 22 yoshli italiyalik futbolchi “neradzurrilar” bilan 2024 yil iyun oyi oxirigacha bo‘lgan mehnat shartnomasini imzoladi.

Alessandro Bastoni "Inter"gaa 2019 yil yozida "Parma"dan ko‘chib o‘tgan. U yakunlangan mavsum jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

U "Inter"da muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazgani uchun Italiya terma jamoasiga ham chaqirildi.

Tez orada "Inter" kecha bosh murabbiy lavozimini tark etgan Antonio Konte o‘rniga keladigan mutaxassis nomini e’lon qilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!