
Insine faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi "Napoli" hujumchisi Lorentso Insinega qiziqib qoldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “matraschilar” 27 yoshli italiyalik futbolchini yaqinlashib kelayogan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi. O‘z navbatida neapolliklar Insineni 100 mln evroga baholashmoqda. Ammo, madridliklar Insine uchun “Napoli”na 60 mln evrodan ortiq to‘lamoqchi emas. Futbolchining agenti Mino Rayolaning fikricha ushbu transfer 80 mln evroga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Insinega shuningdek "Liverpul" va "Arsenal" klublaridan ham qiziqishlar bor.
Ma’lumot uchun, Insine joriy mavsum “Napoli” safida 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar