Infantino: "Vinisius bilan bo‘lgan vaziyatda hakam dastlab o‘yinni to‘xtatishi, holat yaxshilanmasa, mehmonlarga g‘alaba berishi kerak edi..."

  • 22 may, 2023, 15:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA prezidenti Janni Infantino kecha "Real" futbolchisi Vinisius Juniorga nisbatan qilingan irqchilik va turli haqoratlarga o‘z munosabatini bildirdi. "Valensiya" maydonida kechgan bahsda "ko‘rshapalaklar" muxlislari Viniga nisbatan nojo‘ya so‘zlarni ishlatgan va futbolchi bunga chidab tura olmagandi. 

Tecno

"Vinisiusga hamdardman. Futbol yoki jamiyatda ratsizmga o‘rin yo‘q! FIFA bunday vaziyatda har qanday futbolchini qo‘llab-quvvatlaydi. "Valensiya" - "Real" o‘yinida ham shunday bo‘lib qoladi. 

FIFA shu kabi holatlar bo‘yicha 3 bosqichdan iborat qoida ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, dastlab, hakam dastlab o‘yinni to‘xtatishi va buni e’lon qilishi kerak. 

Ikkinchidan, o‘yinchilar maydonni tark etishi kerak. Agar holat yaxshilanmasa, bellashuv qoldiriladi. 

Uchinchidan, futbolchilar maydonga qaytib, uchrashuv davom etayotgan paytda yana muxlislar haqorati va tartibsizligi davom etsa, referi jabr ko‘rayotgan tomon ("Real")ga g‘alaba berishi lozim. Bu barcha davlat va ligalarda yo‘lga qo‘yilishi kerak bo‘lgan qoida.

Bajarishdan ko‘ra gapirish osonroq, to‘g‘ri. Biroq biz buning yo‘lga qo‘yilishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz!", - dedi FIFA prezidenti.

infantino_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!