Ilhom Mo‘minjonov "Neftchi"ning navbatdagi g‘alabasidan keyin qanday fikr bildirdi?

  • 6 aprel, 2021, 22:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-liga etakchilaridan biri - “Neftchi” jamoasi bugun “Istiqlol”ga qarshi bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng, farg‘onaliklar ustozi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Bugungi raqibimizni o‘rganib chiqqan holda o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibimiz tarkibida iqtidorli ijrochilar harakatlanishdi. Lekin biz yuqori pressing qo‘llab 25-daqiqaga kelib, 2 ta gol kiritishga erishdik. Shundan keyin futbolchilarimiz biroz bo‘shashishdi va birinchi bo‘lim oxirida to‘p nazorati "Istiqlol" jamoasiga o‘tdi.

Ikkinchi bo‘limda yigitlarimizning o‘yini ancha faollashib, bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratdik. Lekin bundan unumli foydalana olmagan bo‘lsak-da, yakunda 2:0 hisobida g‘alaba qozondik va bu g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklab qolaman.

Jamoamiz tarkibida 25 ta futbolchi ro‘yxatdan o‘tgan va ularning har biri bir hil saviyaga ega. Hozirgi kunda jamoada raqobat ancha kuchli. Shuning uchun kimdir jismoniy, yana kimdir taktik va ruhiy jihatdan tayyor bo‘lsa, o‘sha o‘yinchilar maydonda harakatlanmoqda.

Chempionatimiz hali uzoq davom etadi. Otabek Zokirov, Abdul Aziz Yusupov va qaydnomaga kiritilmagan qolgan o‘yinchilar hali bizga ko‘p yordam berishadi.

Birinchi o‘yinda e’tibor bergan bo‘lsangiz dastlabki 30 daqiqada yuqori pressing qo‘llab, 3 ta gol kiritishimiz kerak edi. Yangierdagi o‘yinda ham aynan pressing usulini qo‘llab tezkor gol urdik. To‘g‘ri, keyinchalik gol kirita olmagan bo‘lsak ham ko‘pgina golli vaziyatlarni yaratishga erishdik va hisobni yirik ko‘rinishiga olib kelishimiz mumkin edi.

Afsuski, bugun hujumchimiz Marko Obradovich gol ura olmadi, lekin keyingi uchrashuvlarda unga albatta omad kulib boqadi, deb umid qilib qolamiz, - dedi Mo‘minjonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!