
Ilhom Mo‘minjonov Andijonda!
«Navbahor» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov yana vodiyda. Aniqrog‘i, u ayni paytda Andijonda bo‘lib turibdi.
Tabiiyki, uning nega va nima maqsadda Andijonga kelgani sizni qiziqtirishi tabiiy. O‘z o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz joizki, Mo‘minjonovning Andijonga safar uyushtirgani klub yoki futbol bilan bog‘liq masala emas.
Gap shundaki, uning bu erda, aniqrog‘i Xo‘jaobodda qarindoshlari bor. Shu bois yaqinlari Ilhom Mo‘minjonovni to‘y marosimiga taklif qilishgan. Shu munosabat bilan murabbiy Andijonga tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining oldingi rahbariyati tomonidan Ilhom Mo‘minjonov besh yilga futboldan chetlashtirilgandi. Natijada hozirda u murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullana olmayapti.
Fikrlar
Иккови катта угри КАЛАМУШ булар Навбохорни росво килган Шамшод Фарход манашу иккови булади