
Ikkita bokschimiz Rossiya promoushenida ringga ko‘tariladi
22 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida RCC Boxing promouterlik kompaniyasi navbatdagi boks oqshomini o‘tkazadi.
Ahamiyatlisi, ushbu professional boks kechasi doirasida ikki nafar hamyurtimiz ham ringga ko‘tariladi. Ularning biri markaziy jangda ringga chiqadi.
Yarimog‘ir vazn toifasida 10 raund etib belgilangan jangda Artur Ziyatdinov rossiyalik Denis Savitskiy bilan to‘qnash keladi.
Superengil vaznda yurtdoshimiz Jahongir Rasulov rossiyalik Gor Xachataryanga qarshi kurashadi.
Markaziy jang. Yarim og‘ir vazn toifasida 10 raundlik: Artur Ziyatdinov (15-2, 12 K.O) - Denis Savitskiy (9-0-1, 6 K.O) (Rossiya)
Superengil vazn toifasida 8 raundlik: Jahongir Rasulov (7-0, 7 K.O) - Gor Xachataryan (5-0, 4 K.O) (Rossiya).
Fikrlar