Iker Kasilyas futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 19 yanvar, 2020, 12:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas mart oyida futbolchilik faoliyatini davom ettirish yoki ettirmaslikka qaror qiladi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik darvozabon o‘tgan yilning may oyidan buyon yuragidagi muammo sabab maydonga qaytishi so‘roq ostida turibdi.

Futbolchining davolovchi shifokorlar bu masala bo‘yicha qarorni bahor oyining boshlarida ma’lum qilishmoqchi.

Kasilyasning davolanishi yaxshi ketayotganiga qaramasdan uning maydonga qaytish ehtimoli juda past. Agar maydonga qaytganida ham oldingidek yuqori saviyada o‘ynab ketishiga shubha bilan qaralmoqda. Shuningdek, Iker butsasini mixga ilishiga yana bir sabab uning oilasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, 38 yoshli darvozabon futbolchilik faoliyatini davom ettirsa ham okean ortiga, MLS chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda. Agar aksi holat yuz bersa u "Portu" klubida lavozimlardan birini egallashi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!