
Husniddin Norbekov – ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni!
Hozirgina para engil atletikaning F35 klassida erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Husniddin Norbekov 16.13 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 taga etdi: 6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.
Fikrlar