
Husanovning ustozi tabrik yo‘lladi
Angliya Premer-ligasining 34-turida “Liverpul” futbolchilari o‘z maydonida “Tottenxem”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muddatidan oldin mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ketma-ket to‘rt marotaba Premer-liga g‘olibi bo‘lgan “Manchester Siti” chempionlik unvonini liverpulliklarga topshirdi.
“Shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola yangi chempionni tabrikladi.
- O‘zim va klubdagi barchaning nomidan “Liverpul”ni Angliya Premer-ligasidagi g‘alabasi bilan tabriklashni istayman. Bu jamoa munosib tarzda g‘olib chiqdi va bunga hech qanday shak-shubha yo‘q. Ajoyib jamoa.
Kelasi mavsumda biz ham yaxshiroq ishtirok etib, g‘alaba uchun mavsumning oxiriga qadar kurashish imkoniyatiga ega bo‘lishimizdan umidvorman. Hozir esa, “Liverpul”ni tabriklashimiz kerak, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar