Husanovga katta xushxabar! Hali bunaqasi bo‘lmagan...

  • 24 dekabr, 2024, 23:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov jahon matbuoti qahramoniga aylanib bormoqda. Ayniqsa, Evropa ommaviy axborot vositalari, tahlil va tadqiqot markazlarida o‘zbek futbolchisi nomini tilga olish odatiy hol bo‘lib qoldi.

Tecno

Nufuzli manbalar 20 yoshli himoyachining keyingi jamoasi qaysi grand klub bo‘lishini taxmin va tahlil qilayotgan bir paytda Futbol tadqiqotlari observatoriyasi – jahon futbolining eng istiqbolli futbolchilari reytingini e’lon qildi.

Ushbu observatoriya futbol olamida turli tadqiqotlar o‘tkazib, ularning natijalari asosida reytinglarni tuzib chiqadi. Bu reytinglar grand klublar uchun muayyan o‘yinchilarning salohiyatini o‘rganish va tahlil qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

CIES ekspertlari 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning statistik ko‘rsatkichlari asosida jahon futbolining eng istiqbolli o‘n nafar markaziy himoyachisi reytingini shakllantirli.

Bu reytingda eng yuqori ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov birinchi o‘rindan joy oldi. Hamyurtimizning ko‘rchatkichlari 100 dan 81,8 ballni tashkil qildi.

Kuchli uchlikdan Italiya chempionatida “Fiorentina” sharafini himoya qilayotgan italiyalik himoyachi Petro Komutstso hamda Belgiya yuqori divizionidan “Genk” vakili Matte Smets ham joy oldi.

Reytingning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

Ta’kidlash joizki, joriy mavsum 20 yoshli legionerimiz uchun juda muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Abduqodir “Lans” safida Frantsiya chempionati va kubogi, Evropa Ligasi kabi klublar miqyosidagi turnirlarda yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatdi.

Bugungi kunda hamyurtimiz nafaqat Frantsiya, balki butun Evropaning eng iqtidorli markaziy himoyachilaridan biri ekanini isbotlab kelmoqda. Husanovning asosiy ampluasi markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, himoya chiziqining istalgan nuqtasida ishonchli o‘ynay oladi.

Qishki transferlar oynasi oldidan Abduqodir Husanovni bir necha grand klublar o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisiga Frantsiyadan “Pari Sen-Jermen” va “Marsel”, Angliyadan “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Arsenal”, “Tottenxem”, “Nyukasl”, “Lester”, Germaniyadan “Bayer”, “Leyptsig”, Italiyadan “Napoli”, “Atalanta”, Ispaniyadan “Atletiko Madrid” kabi nufuzli klublar qiziqayotgani haqida ma’lumotlar chiqarilmoqda.

Abduqodir Husanov joriy mavsumda barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta assist ham qayd etdi.

Shuningdek, yosh futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidagi uchrashuvlari sonini  18 taga etkazib oldi.

Transfermarkt portali Abduqodir Husanovni 12 million evroga baholamoqda. Biroq ekspertlar himoyachining asl transfer narxi bundan ancha baland ekanini ta’kidlayapti.

O‘zbek futbolchisi jamoadan ketadi, uni Evropa va er kurrasining narigi burchagida kutishyapti!

Abduqodir sinovdan yaxshi o‘tdi: Superklub Husanovni kutyapti!

Fayzullaev Rossiyada, Hamrobekov O‘zbekistonda yil rekordini o‘rnatdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхан Ангор
24/12/2024 09:09
Олға.