
"Husanov "Tottenxem"da jismoniy taraflama o‘ynashga tayyor, ammo..."
O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovga Evropaning ko‘plab klublaridan qiziqishlar bo‘lmoqda. Futbolchimiz Evropa futboli muxlislari orasida ham ancha tanilib qolgani bor gap.
Bugun unga "Manchester Siti", PSJ va "Atletiko" kabi klublar qiziqayotgani haqida Frantsiyaning taniqli "L’Équipe" nashri xabar berdi. Avvalroq, "Foot Mercato" hamda "The Telegraph" nashrlari futbolchimizni PSJ, "Tottenxem" va "Nyukasl" kabi klublar o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida yozgandi.
"X" ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi hamda "Tottenxem" muxlisi Jek Milan Shkrinyar "Tottenxem"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarga: "Biz bu yigit bilan 6 yildan beri bog‘lanamiz", deya izoh qoldirdi.
Shundan so‘ng "Hoji" nikli o‘zbekistonlik muxlis uning Husanovning "Tottenxem"ga ehtimoliy transferi borasida fikrlari bilan qiziqdi:
"Husanov jismonan tayyor. Tezlik juda yuqori. Va u kimni almashtiradi? Kuti (Romero) yoki Mikki (Van de Ven
Menga Husanov yoqadi. Biroq kimdir ketmasa, men uni asosiy tarkibda ko‘rmayapman", - dedi "X" foydalanuvchisi va "Tottenxem" muxlisi.
Ta’kidlash kerak, frantsuz klubi futbolchimizni faqatgina 30 million evrolik taklif tushgan taqdirda sotishga tayyor. Joriy mavsumda Husanov "Lans" safida jami 15 ta bellashuvda 1129 daqiqa maydonda harakat qilgan. Uning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 12 million evro etib belgilangan.
Endigina 20 yoshga to‘lgan futbolchimiz ayni vaqtda Osiyoning eng qimmat himoyachilari orasida Kim Min Je ("Bavariya, 45 million evro), Hiroki Ito ("Bavariya", 30 million evro) hamda Ko Itakura ("Borussiya" M, 15 mililon evro) kabi futbolchilardan so‘ng 4-eng qimmat fulbek bo‘lib turibdi. Shuningdek, u ushbu qit’ada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida barcha pozitsiyalar bo‘yicha eng qimmat o‘yinchi sanaladi.
Fikrlar