
"Humo" 6 nafar hokkeychi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi (foto)
"Humo" klubi o‘z tarkibini kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. "Qanotlilar" matbuot xizmati yana 6 nafar hokkeychi bilan shartnoma tuzilganini e’lon qildi.
Himoyachi Mark Rubinchik, Moskvaning "Dinamo"si tarbiyalanuvchisi.
Faoliyati mobaynida "Toros", "Chelmet", "Ximik" jamoalari sharafini himoya qilgan. Muntazam chempionatda 118 ta, pley-off bosqichida 32 ta o‘yin o‘tkazgan.
Hujumchi Timur Shingareev, Magnitogorskning "Metallurg" klubi tarbiyalanuvchisi.
Oliy hokkey ligasida "Zaurale", "Sokol" kabi klublarda o‘ynagan. "Avtomobilist" safida esa 10 bellashuvda 3 ochko (1+2) jamg‘argan.
Himoyachi Ilya Davidov, Yaroslavning "Lokomotiv"i tarbiyalanuvchisi.
Ortda qolgan mavsumni "Janubiya Ural" hamda "Sokol" tarkibida o‘tkazgan. Faoliyati davomida KHL jamoalari libosida 160 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan.
Himoyachi Nikita Zimin, TsSKA tarbiyalanuvchisi.
O‘tgan mavsumda OHLning "Ryazan" va "Ermak" klublarida o‘tkazgan. KHLda Xabarovskning "Amur"ida o‘ynagan va 24 bahsda muzga chiqqan.
Hujumchi Artyom Pilaev, Tyumenning "Rubin" jamoasi tarbiyalanuvchisi.
Bungacha faoliyatini to‘liq Tyumenda o‘tkazgan va OHLda "Rubin" uchun muntazam chempionatning 71, pley-offning 28 bahsida ishtirok etgan.
Hujumchi Egor Dorofeev, Magnitogorskning "Metallurg"i tarbiyalanuvchisi.
O‘tgan mavsum OHLda Samaraning TsSK VVS jamoasi sharafini himoya qilgan. Oliy hokkey ligasi muntazam chempionatida 348, pley-offda 13 bahsda ishtirok etgan va 79 (45+34) ball to‘plagan.
Fikrlar