
Hujumchi “Manchester Yunayted”dan ketishga qaror qildi
“Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishga urinmoqda. Avvalroq bir necha futbolchi ketishi haqida xabarlar tarqatildi. Ular orasida frantsiyalik forvard Antoni Marsyal nomi ham bor edi.
Biroq jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag Antoni va Rafael Varanni olib qolish uchun muzokara olib borilayotganini aytdi.
ESPN nashrining yozishicha, Marsyal kelajagi bo‘yicha aniq qarorga kelib bo‘lgan. Tajribali hujumchi Manchesterni tark etish niyatida.
Ayni paytda uning agentlari hujumchiga yangi jamoa topish bo‘yicha ish olib boryapti. Marsyalning amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.
Fikrlar