"Hokim Kubogi"da kimlar ishtirok etadi?

  • 24 yanvar, 2020, 20:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda yurtimizda qish mavsumi bo‘lgani sababli chempionatimizda ham shunga monand qishki tanaffus yuzaga kelgan. Bundan foydalangan holda klublarimiz yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ishlarini olib borishmoqda. Kimdir Toshkentda, yana kimdir xorijda, boshqalar esa o‘z hududlarida shug‘ullanishmoqda. Shuningdek, bunday paytda o‘tkaziladigan kichik ko‘rinishdagi turli xil turnirlar ham jamoalarimiz uchun ayni muddaodir. Chunki jamoalarga o‘yin amaliyoti juda muhim hisoblanadi.

Tecno

Xabaringiz bor, har yili Farg‘ona mezbonligi ostida an’anaviy tarzda «Farg‘ona viloyati hokim Kubogi» musobaqasi o‘tkazib kelinadi. Ushbu turnir esa qishki yig‘in chog‘ida bir qator klublarimiz uchun juda asqotadi. Negaki, Farg‘onadagi «Hokim Kubogi»da ishtirok etadigan ishtirokchilar uchun musobaqada qatnashib o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkoniyati paydo bo‘lsa, shuningdek, u erda o‘quv-yig‘inlarini ham olib borish imkoniga ega bo‘ladilar. Ushbu yilda ham Farg‘onada bir qator jamoalar jam bo‘lgan holda qishki tayyorgarlikni o‘tash bilan birga turnirda ham ishtirok etishadi.

Aytish joizki, bu safargi musobaqada jami 20 ta jamoa ishtirok etadi va to‘rtta guruhga bo‘lingan holda har birida beshtadan ishtirokchi o‘rin oldi. Har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan klublar chorak finalga yo‘l olishadi. «Qo‘qon-1912», «Neftchi», «Andijon» jamoalari ikkitadan tarkib bilan qatnashishadi. Andrey Kanchelskis boshchiligidagi «Navbahor» esa «Hokim Kubogi»da ishtirok etayotgani yo‘q. Ularning o‘rniga «Navbahor-2» ishtirok etishi belgilangan. Bundan tashqari, Qirg‘izistondan «O‘sh-Akademiya» jamoasi ham qatnashish istagini bildirgan. Qolaversa, Navoiyning «Ittifoq-Navoiy» jamoasi ham Farg‘onadagi musobaqada ishtirok etadigan bo‘ldi. Qolgan qatnashchilarni esa asosan Farg‘ona viloyatidagi jamoalar tashkil etadi. Aytish mumkinki, bellashuvlar «Neftchi» sport majmuasi, Farg‘ona davlat universiteti, Yozyovon tumanidagi «Markaziy», Quvasoydagi «Tsementchi» hamda Farg‘ona tumanidagi «Yoshlarobod» o‘yingohlarida o‘tkaziladi. Darvoqe, «Hokim Kubogi» musobaqasi 26 yanvarda start oladi va 7 fevralga qadar davom etadi.

«A» guruhi

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)

«Tsementchi» (Quvasoy)

«Navbahor-2» (Namangan)

«Do‘stlik» (Oltiariq tumani)

«Ittifoq-Navoiy» (Navoiy)

 

«V» guruhi

«Neftchi-2» (Farg‘ona)

«Yozyovon-Lochinlari» (Yozyovon)

«Turon» (O‘zbekiston tumani)

«Andijon» (Andijon)  

«Zafar» (Uchko‘prik tumani)

 

«S» guruhi

«Andijon-2» (Andijon)

«Neftchi-1» (Farg‘ona)

«O‘sh-Akademiya» (Qirg‘iziston)

«Qo‘qon-1912-2» (Qo‘qon)

«Farovon» (Marg‘ilon)

 

«D» guruhi

«Vodil» (Farg‘ona tumani)

«Paxtakor-79» (Uychi tumani)

«Istiqlol» (Farg‘ona)

«O‘z Tong Xong Ko» (Andijon)

«Universiada-2020» (Farg‘ona)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
28/01/2020 00:07
Яхши купрок уйинда булиш керак Узбекистан футбол чемпионат ямон 12 бир йил14 шу хам чемпионатми мана европада куринг янги йил арафада хам уйинлар булди, бизни футболчилар чойхонада 2 таймга ярамади
&
акром навбахор мухлис
24/01/2020 22:12
новбохорам катнашиш керак шу турнирга анча уйин амалиётига эга буларди водийдан талантли ещлардан оларди саставга